Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Saidov yangi tayinlangan elchi Rafeda binti Abdul Aziz bilan uchrashdi.

Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rafeda binti Abdul Aziz ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma‘lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgan.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda turli sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e‘tibor qaratdi.

Yakunda Baxtiyor Saidov elchiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, uning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling