O'zbek tili bayrami munosabati bilan fleshmob tashkil etildi — video

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o'z sahifalarida o'zbek tilida so'zlayotgan videolarini joylashtirdi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

O'zbekistonda 21-oktyabr o'zbek tili bayrami sifatida nishonlanadi. Shu sababli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o'zbek tiliga hurmat sifatida ushbu tilda so'zlab video joylashtirdi.

Jumladan, Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi Tim Torlot o'zining twitter sahifasiga hamkasblari bilan birgalikda o'zbek tilidagi "tez-aytish"larni aytishga urinib ko'rgan videoni joyladi.

O'zbekistonlik rusiyzabon bloger Nikita Makarenko ham twitterda o'zbek tilida barchani bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, bloger o'zbek tilida yuritish uchun alohida telegram kanal ochganini, bundan hech qanday tijoriy maqsad yo'qligini aksincha bu tilga bo'lgan hurmat belgisini ifodalashini aytdi.

So'zining so'nggida bloger o'zbek tilida qilayotgan xatolari uchun uzr so'ragan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling