Foto: IIV axborot xizmati
Interpolning AQShdagi Milliy markaziy byurosi orqali qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, qaytarildi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi byurosi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Interpol MMB axborot bilan ta’minlash va AQSh vakolatli organlari xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik hajmdagi o‘g‘irlikni sodir etgani uchun ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlanib, chiqarib yuborilgan.
Jinoyatda gumonlanayotgan shaxs AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari hamkorligida Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelingan va O‘zbekiston Interpol xodimlariga topshirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling