Foto: Videodan lavha
Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 4-sonli umumtaʼlum maktabida oʻqtuvchi oʻquvchilarni kaltaklab dars oʻtgani haqida xabar berilgan edi. Buxoro viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur oʻqituvchi oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etilgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat Buxoro viloyatida favqulotda vaziyat sifatida baholanib, shu kunning oʻzida viloyat hokimi oʻrinbasari Mirali Hamroyev rahbarligida xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari, maktab direktorlari ishtirokida ZOOM orqali yigʻilish oʻtkazilib, bu holat keng muhokama qilingan.
Shuningdek, oʻqituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday xunuk holatlarning oldini olish borasida qatʼiy topshiriqlar berilgan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha oʻrganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling