Madaniyat vazirligi 16 mlrd so'mga ikki dona avtomobil xarid qilgani aytilmoqda

Vazirlik axborot xizmati tez orada mazkur holat yuzasidan vazirlik izoh berishini bildirgan

Foto: mfer.uz

Foto: mfer.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat vazirligi tomonidan 15 milliard 514 million 900 ming so‘mga 2 ta maxsus avtomobil xarid qilingani xabar berildi.

Mazkur xabar jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. Boisi avvalroq moliya vaziri Timur Ishmetov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda xarajatlarni kamaytirish haqida gapirgandi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

“Daryo”ning xabar berishicha, nashr Moliya vazirligining mazkur chaqirig‘idan ko‘p o‘tmay Madaniyat vazirligining qimmatbaho avtomobillar xarid qilishiga sabab bo‘lgan omillar bilan qiziqqan.

Bunga javoban vazirlik axborot xizmati rahbari Orifjon Fayziyev tez orada mazkur holat yuzasidan vazirlik izohi berilishini bildirgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling