Anqara SHHTdagi ishtirok uchun Yevropa Ittifoqiga hisob bermoqchi emas

Erdo'g'on Turkiya dunyoning bir qismi ekanligini ta'kidladi

Foto: Gazeta.ru<br>

Foto: Gazeta.ru

Rasmiy Anqara Shanxay hamkorlik tashkilotidagi ishtirok uchun Yevropa Ittifoqi oldida hisob bermoqchi emas. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'on PBS telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Erdo'g'onning soʻzlariga koʻra, Turkiya Yevropa Ittifoqi oldida javobgar emas.

"Turkiya barcha davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda, chunki u dunyoning bir qismidir", — deydi davlat rahbari.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvlar chog‘ida "Nega u yurt bilan uchrashdi, nega boshqa bilan uchrashdi?" kabi savollar bermaganini, shuningdek, SHHT a’zolari bilan bo‘lgani kabi ular bilan ham muloqot o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Maʼlumot oʻrnida, bungacha Erdo‘g‘on mamlakat Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lishni maqsad qilganini bildirgan edi.

Shu bilan birga davlat rahbari Turkiyaning oʻzi aʼzo boʻlmagan ShHT sammitida ishtirok etishi mezbon davlat, yani Oʻzbekistonning taklifi tufayli imkon boʻlganini taʼkidlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling