Qozog'istonda shakardan pora sifatida foydalanishdi

Tadbirkorlar aholiga shakarni belgilangan 10% o'rniga 100 foizlik ustama bilan sotgan

Foto: ampravda.ru

Foto: ampravda.ru

Qozog'iston Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati Qo'stanay viloyati barqarorlashtirish jamg'armasidan shakar tarqatishning noqonuniy sxemasini aniqladi. Bu haqda “Kapital.kz” xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, hokimlik va “Tobol” qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish kooperativi xodimlari shakar taqchilligidan foydalanib, uni ma'lum tadbirkorlarga navbatsiz va ortiqcha miqdorda viloyat barqarorlashtirish jamg'armasi hisobidan bir kilogrammni 420 tengedan arzonlashtirilgan holda bergan.

“Buning uchun tadbirkorlar 100 kilogramdan 500 kilogramgacha shakarni hokimlik va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish kooperativi xodimlariga mukofot sifatida topshirgan. Bundan tashqari, tadbirkorlar aholiga shakarni belgilangan 10 foiz o'rniga 100 foizlik ustama bilan sotgan”, deyiladi xabarida.

Barqarorlashtirish fondi ombor mudirining shaxsiy garaji tekshirilganda 900 kilogramm shakar topib, musodara qilgan. Qo'lga olingan shakar barqarorlashtirish fondiga qaytarilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling