Foto: Exprexx.co.uk
Buyuk Britaniyada soliq yigʻimlarining oshish ehtimoli mahalliy aholi orasida noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda "Bloomberg" xabar berdi.
Aholining fikricha, mamlakatning yangi bosh vaziri Rishi Sunak bu ishni oʻz manfaatini koʻzlab amalga oshirmoqda va uning faoliyati oʻzidan oldingi vazirlar Boris Jonson va Liz Trassning siyosatidan deyarli farq qilmaydi.
Moliya vazirligi kansleri Jeremi Xant bir kun avval Rishi Sunak bilan uchrashib, federal budjetdagi 40 mlrd funt sterling miqdoridagi “qora tuynuk” va daromad soligʻi hamda sugʻurta stavkalarini oshirishni muhokama qilgan.
”Konservativ partiya bizdan mamlakat hamyonidagi boʻshliqni toʻldirishimizni kutmoqda! Ularning oʻzlari juda koʻp noloyiq sarmoyalar evaziga yaratgan teshikni“, — deb gʻazablangan fikr bildirganlardan biri.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling”Odamlardan ularda yoʻq boʻlgan pulni koʻproq oling, hammamizni haydab yuboring, keyin muhojirlarga uylarimizni bera olasiz. Ularga eng yaxshi taklif tushganga oʻxshaydi: issiq mehmonxona, kuniga uch mahal ovqat, tekin subsidiyalar... Bu mamlakat tugadi”, deb xulosa qildi yana bir oʻquvchi.