Foto: lemonde
Trampning aytishicha, Bayden strategik neft zaxirasini boʻshatib, kuzgi saylovlar oldidan yoqilgʻi narxini iloji boricha tushirishga harakat qilmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar qildi.
AQSHning sobiq prezidenti saylov mavsumi tugashi bilan benzin narxi yana keskin oshishini bashorat qildi.
“Men yillar davomida toʻldirilmagan bu strategik zaxiralarni toʻldirdim. Men buni narx rekord darajada past boʻlgan paytda bajarganman. Men toʻldirdim, u esa saylov oldidan imkoni boricha narxlarni tushirish uchun zaxiralardan foydalanmoqda. Saylovdan soʻng neft narxi darhol ikki baravarga oshadi va hech kim tasavvur qila olmaydigan darajada yuqori boʻladi ", — deydi sobiq prezident Donald Tamp.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling