Foto: oddschecker
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson o‘z nomzodini Bosh vazirlikka ilgari surmasligini ma'lum qildi.
Britaniya hukumatining sobiq rahbari 2024-yilgi saylovlarda konservatorlarni yetakchiligini ta’minlashga va’da bergan. Shu bilan birga Jonson 102 deputatning qo‘llab-quvvatlashiga erishganini aytgan. Bu Bosh vazirlikka nomzodini qo‘yish uchun imkon beradi.
Jonsonning aytishicha, u muvaffaqiyatga erishishi uchun "juda yaxshi imkoniyat" bor edi. Ammo u "Parlamentda birlashgan partiya" bo'lishi kerakligini aytgan va nomzodini ilgari surmasligini ma'lum qilgan.
Shu tariqa sobiq kansler Rishi Sunak va vazirlar mahkamasi vaziri Penni Mordaunt tanlovda qolmoqda. Shuningdek, Sunak deputatlar tomonidan e'lon qilingan qo'llab-quvvatlash bo'yicha oldinda.
Buyuk Britaniyaning navbatdagi bosh vaziri bo‘lishi taxmin qilinayotgan Rishi Sunakning aytishicha, britaniyaliklar Ukraina bo‘yicha pozisiyasi uchun Boris Jonsondan doimo minnatdor bo‘lishadi.
Hozirda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga asosiy da’vogar deb hisoblanayotgan Rishi Sunak jangni tark etgan Boris Jonsonning yutuqlari haqida tvit yozdi. U nafaqat Breksit va kovidga qarshi vaksinalarning jadal ishlab chiqilishi va joriy etilishi, balki Jonsonning Ukrainadagi urushga qarshiligi haqida ham gapirdi.
"U mamlakatimizni biz boshidan kechirgan eng og‘ir sinovlardan o‘tkazdi, Putin va uning Ukrainadagi vahshiy urushiga qarshi chiqdi. Buning uchun undan doim minnatdor bo‘lamiz", — deb yozdi Sunak.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling