Foto: Россельхознадзор
Orenburgda O'zbekistondan keltirilgan qovunlarni ekspertizadan o'tkazish jarayonida karantin zararkunandasi borligi aniqlandi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qovunlar 2022-yil 4-avgust kuni "Rosselxodnadzorning Orenburg ma'lumotlar markazi" Federal davlat byudjet muassassasi mutaxasisilari O'zbekistondan olib kelingan poliz ekinlarini entomologik ekspertizadan o'tkazish chog'ida umumiy hajmi 19,426 tonna boʻlgan partiyadan tanlab olingan. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida kam tarqalgan karantin zararkunandasi – qovun pashshasi (Myiopardalis pardalina (Bigot)) muassasa mutaxassislari tomonidan ilk bor bu tur aniqlanganligi ma'lum qilindi.
O'tkazilgan ekspertiza natijalari to'g'risidagi ma'lumot Orenburg viloyati bo'yicha Rosselxoznadzor boshqarmasining Rossiya Federatsiyasi Davlat chegarasidagi karantin fitosanitar nazorati bo'limiga yuborilgan.
Qayd etilishicha, jami yil boshidan buyon muassasa mutaxasislari tomonidan umumiy hajmi 2876,1 tonna bo'lgan yangi poliz ekinlari partiyalaridan olingan 168 ta namunalar tahlil qilingan.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, qovun pashshasining imago va lichinkalari qovunlarning xavfli zararkunandalari hisoblanadi. Shunundek, qovoq, bodring, tarvuz kabi bir qator poliz ekinlari ham bu hashorot sababli zarar ko'rishlari mumkin. Voyaga yetgan pashshalar mevani teshib meva sharbati bilan oziqlanadi. Lichinkalar urug'lar va to'qimalarni iste'mol qiladi, mevani butunlay yaroqsiz holga keltiradi.
Ularning shikastlanishi tuxum qo'yuvchi tomonidan teshilish joylarida va chiqish zonasidagi teshiklarda kichik tuberkulyarlar bilan tasdiqlanadi. Bunday mevalar ichida o'ralgan o'tish joylari mavjud bo'ladi. Ta'kidlanishicha, birinchi avlodning lichinkalari eng zararli hisoblanadi.
Mevalar ichkaridan chiriy boshlaydi, shikastlangan to'qimalar qo'pollashadi. Lichinka haroratga qarab 8 dan 18 kungacha oziqlanadi. So‘ngra o‘zi yasagan chiqish teshigidan mevani tashlab, tuproqqa 6-16 sm chuqurlikka kiradi.12-18 kundan so'ng, o'simliklar va mevalarga zarar yetkazish va tuxum qo'yishda davom etuvchi psevdoupadan ikkinchi avlod chivinlari paydo bo'ladi.
Qovun pashshasi 2-3 avlodgacha ko'payishi mumkin.