Qashqadaryoda maktab hududida xodimlari bilan spirtli ichimlik ichgan direktor ishdan olindi

Holatni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan

Ijtimoiy tarmoqda maktablarning biridagi qorovulxonada maktab direktori va yana bir nechta xodimlar aroq ichib o‘tirgani haqida video tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan "Zamon Informatsion" dasturi qo'shimcha ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur holat olingan holat avgust oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 67-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan.

Avgust oylarida ushbu holatni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan.

Aniqlik kiritilishicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va maktab direktori o'rtasida ish yuzasidan kelishmovchilik kelib chiqqani, shuningdek, maktab direktori uning shaxsiyatiga tekkani videoni tarqatib yuborishiga sabab bo'lgan.

Yuz bergan voqeadan so'ng direktor o'z xohishi bilan ishdan ketgan.

Hozirda tuman XTBning xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling