Ijevsk shahridagi maktabda otishma yuz berdi — video

Otishma uyishtirgan shaxs o'z joniga qasd qilgan

Videodan kadr

Videodan kadr

Bugun Ijevsk shahridagi Pushkinskaya ko‘chasidagi 88-maktabda noma’lum shaxs o‘t ochdi. Bu haqda Baza xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Ijevsk maktabidan o‘q uzgan shaxs avval qo‘riqchiga qarata o‘q uzgan, keyin esa bolalarni o‘qqa tutgan.

Ijevsk maktabiga hujumdan keyin yetti kishi halok bo'ldi. Ulardan to‘rt nafari kattalar, uch nafari bolalardir. Yana 20 kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Bolalarning bir qismi binodan evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan, o‘quvchilarning yana bir qismi esa sinf xonalarida yashiringan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘t ochgan erkak o‘zini o‘zi otgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling