Foto: Instagram
Soʻnggi paytlarda bloger Maryam Tillayevaning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi kamaygan. 1-dekabr kuni vanihoyat u aloqaga chiqdi va oʻzining hayotidagi oʻzgarishlar haqida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, bloger oʻzini oʻzi parvarish qilishga oʻtgan.
“Men tanamga, miyamga va ichki holatimga gʻamxoʻrlik qilishga qaror qildim. Men toʻgʻri ovqatlanaman va deyarli har kuni jismoniy mashqlar bilan shugʻullanyapman. Mening ichki holatim avvalgidan ancha yaxshi, stress darajasi va oldingidek nochorlik hissi ancha pasaygan”, — deydi u.
Qizning soʻzlariga koʻra, u 27 kundan beri sogʻlom turmush tarziga rioya qilib kelmoqda. Bunga esa uning yaqin dugonasi sabab boʻlgan.
“Mening miyam qiyinchiliklarni yengib oʻtishni qaytadan oʻrganayotganga oʻxshaydi”, — deydi Maryam Tillayeva.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling