Foto: Smapse Education
O‘zbekiston nizodan oldin Ukraina tibbiyot OTMlarida o‘qigan 200 nafar hindistonlik talabani o‘qishga qabul qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi maʼlum qildi.
Elchi Dilshod Axatov Nyu-Dehlida bu bo‘yicha maʼlumot bergan. Talabalar suhbat asosida o‘qishga qabul qilingan. Ularning aksariyati Buxoro davlat tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasiga aylangan.
O‘zbekiston tomoni hindistonliklarga ikki tibbiyot dasturi bo‘yicha taʼlim olishni taklif qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling