Foto: Expressandstar.com
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Yaponiyaning yetakchi avtomobil va yo‘l boshqaruv tizimlari ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” nashri.
Uchrashuvda transport sohasida hamkorlik qilish, yo‘llar va chorrahalarda “tirbandlik”ning oldini olish maqsadida respublika shaharlarida transport oqimlarini boshqarish masalalari muhokama qilingan.
Yaponiya kompaniyasi vakillari Yaponiyadagi yo‘llar va chorrahalarda harakatni boshqarish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashgan. Jumladan, kompaniyaning tizimi va uskunalari inson aralashuvisiz chorrahalar va yo'llarni tartibga solish imkonini beradi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda avtomobil va temir yo‘llarni boshqarish tizimlari va uskunalarini ishlab chiqarish va joriy etish masalalari muhokama qilingan. Korxona vakillari O‘zbekistondagi elektrotexnika uskunalari ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda zarur jihozlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirib, imkon qadar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Shuningdek, kompaniya vakillari O‘zbekiston shaharlari chorraha va yo‘llarda avtotransport oqimini kamaytirish tizimlarini joriy etish orqali tadqiqot olib borishadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling