Tolibon qizlarni 2023-yilning mart oyidan maktabga qaytarishga va'da berdi

Oliy o'quv yurtlari ham qizlar uchun qayta ochilishi aytilgan

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Tolibon barcha qizlarga mart oyida oʻqishga qaytishga ruxsat berishni vaʼda qildi. Bu haqda “Sputnik Afgʻoniston” xabar berdi.

Tolibonning yuqori amaldorlaridan biri Shahobuddin Delavar bergan bayonotga koʻra, mamlakatda 2023-yil mart oyidan boshlab qizlarning maktabga qatnashiga ruxsat beriladi.

Uning aytishicha, bu paytda oʻrta maktablar va oliy oʻquv yurtlari ham qayta ochiladi. Delavar amirning xotin-qizlar uchun maktablar va universitetlarning yopilishini amirning qatʼiy va vaqtinchalik chorasi deb bilishini maʼlum qilgan.

Ushbu qaror haqida gapirilganda, harakat rahbariyati tomonidan islomiy qadriyatlar va afgʻon anʼanalari birinchi oʻringa qoʻyilishi bildirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling