Tayvan Ukrainaga 800 ta Revolver 860 dronlarini yetkazib berdi

Dronlar Polsha orqali yetkazib berilgan

Foto: Twitter<br>

Foto: Twitter

Tayvan Ukrainaga 800 ta qisqa masofaga uchuvchi Revolver 860 hujumchi dronlarini yetkazib berdi. Bu haqda Taiwan News xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qisqa masofaga uchuvchi har bir dron 60 millimetr kalibrli 8 ta mina olib yurishga moslashgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yetkazib berish Polsha orqali amalga oshirilgan.

Ma'lum qilinishicha, revolver 860 kvadrokopter sxemasi bo'yicha yig'ilgan bo'lib, og'irligi 42 kilogramm va diametri 1,35 metrni tashkil etadi.

U 20 kilometrgacha masofani bosib o'tishi va havoda 20 daqiqadan 40 daqiqagacha turishi mumkin.

Dron revolver tipidagi maxsus qurilma orqali minalarni chiqaradi. Bu esa obyektga aniq zarba berish imkonini beradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling