AQSH Mudofaa vazirligi Ukraina uchun uzoq masofali Switchblade 600 dronlarini ishlab chiqarish bo‘yicha AeroVironment kompaniyasi bilan 2,2 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Qayd etilishicha, shartnoma 15-sentabr kuni tuzilgan. Switchblade 600 kamikadze dronlari Ukraine Security Assistance Initiative (USAI) dasturi doirasida yetkazib beriladi.
Ma'lum qilinishicha, Pentagon kompaniyalar bilan qurol ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzadi, shundan so‘ng qurollar Ukrainaga o‘tkaziladi.
Xabarga ko'ra, USAI doirasida jami 1,2 milliard dollarlik shartnomalar tuzilgan va AQSH Kongressi ushbu dastur uchun jami 6 milliard dollar ajratgan.
Qayd etish kerak, Switchblade 600 seriyasini yetkazib berish g'oyasidan tashqari, Qo'shma Shtatlar Ukrainaga o'lchamlari va diapazoni kichikroq bo'lgan Switchblade 300 ni ham taqdim etdi.
Ma’lum bo’lishicha, 300-seriyali dronlar 10 kilometr, 600-seriyali dronlar esa 40 kilometr masofani bosib o'ta oladi.
Ma'lumot uchun, avgust oyi o'rtalarida Rossiya Erondan Ukrainadagi urush uchun zarbdor dronlarning birinchi partiyasini qabul qilib olgan edi. Rossiyaga, razvedka ma’lumotlariga qaraganda, dushman mudofaasidagi radarlar va artilleriyaga hujum qilishga qodir Mohajer-6 va Shahed seriyasidagi ikki xil uchar qurilmalar yuborilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling