Foto: MTRU
Qrim Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlariga, shunindek, O‘zbekistonga don eksport qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Qrim rasmiysi Yuriy Gosanyuk bu bo‘yicha ma’lumot bergan. U Qrim doni Donesk va Luganskga, shuningdek, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonga yetkazilishini qayd etgan.
Ma'lum qilishicha, MDHga a’zo bo‘lmagan davlatlardan Turkiya, Misr, Isroil, Serbiya, Xitoy, Livan va Liviyaga ham don jo‘natiladi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Qrim 2022-yil boshidan buyon 280 ming tonna don eksport qilgan. 2021-yilda yarim orol 350 ming tonna don yetkazib bergan.
Shuningdek, Qrim dondan tashqari boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ham eksport qiladi. Vino, tovuq tuxumi, go‘sht va dengiz mahsulotlari shular jumlasidandir.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling