Foto: DW.com
Germaniyaning Kyoln shahrida Ukrainaga qurol yetkazib berilishiga qarshi ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi.
Qayd etilishicha, namoyishchilar asosan Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni bekor qilish va "Shimoliy oqim 2" gaz quvurini ishga tushirishni talab qilishgan.
Shuningdek, Kyolnda 400 ga yaqin namoyishchilar Ukrainaga qarshi nemis qurollarini yetkazib berilishiga qarshi chiqqan.
Maʼlum qilinishicha, 2-sentyabr kuni Germaniyaning Kassel shahrida Ukrainaga mudofaa sanoati va qurol-yarogʻ yetkazib berilishiga qarshi mitinglar boʻlib oʻtgan.
Maʼlumotlarga koʻra, mamoyishchilar va politsiya xodimlari oʻrtasidagi toʻqnashuvda sakkiz nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari yengil tan jarohati olgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling