"Senatda ham svet o'chyapti, paltolarda o'tiribmiz" — senat qo'mitasi raisi

Tojiyevning qayd etishicha, ayni damda butun xalq qiynalmoqda

Foto: Videodan lavha

Foto: Videodan lavha

Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasi raisi Bahodir Tojiyevning maʼlum qilishicha, parlament yuqori palatasida ham chiroqlar oʻchirilmoqda.

“Sebatda ham chiroq oʻchyapti. Men oʻzim ikkinchi qavatda oʻtiraman, ishxonadagi havo harorati 15-20 darajadan oshmaydi”, — deydi u.

Uning maʼlum qilishicha, xona harorati pastligi sabab ishxonada paltoda oʻtirishga majbur boʻlmoqda.

“Bugun butun xalq qiynalyapti. Shu bilan birga bu sovuq havo massasi Xorazm, Qoraqalpogʻiston taraflarda -25...-30 daraja sovuqqacha pasayib ketgan. Mana men oʻzim sakkiz yildan buyon Toshkentda yashayman, lekin poytaxtda -15...-20 daraja sovuq boʻlganini birinchi marta koʻryapman”, — deya xulosa qilgan u.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling