Buxoroda ov miltig'i otilib ketishi natijasida ayolning oyoq suyaklari maydalanib, sinib ketdi

Ayol mashinaga o'tirayotgan vaqtda o'qotar qurol o'zidan-o'zi otilib ketgan

Foto: Buxoro IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Buxoro IIB matbuot xizmati

Buxoro viloyatining Olot tumanida ayolning oyog'i o'qotar quroldan yaralandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 19-oktyabr kuni soat tahminan 9:30 lar atrofida Olot tumani Davlatboy mahallasida yashovchi fuqaro turmush o'rtog'i bilan Buxoro shahriga borish maqsadida qo'shnisi boshqaruvida bo'lgan "Nexia-3" mashinasining orqa o'rindig‘iga o'tirmoqchi bo'lgan.

Huddi shu vaqtda, haydovchi tomonidan mashinaning orqa o'rindig'ida qoldirilgan o'z nomiga rasmiylashtirilgan "TOZ-20" rusumli 20 kalibrli 2 nilli o'qotar ov quroli, qurolni saqlash va olib yurish qoidalariga rioya qilinmaganligi sabali o'z-o'zidan otilib ketgan.

Oqibatida ayolning ikkala oyoqlarining boldir suyaklari maydalanib singan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling