Foto: Repost.uz
Uzbekistan Airways axborot xizmati 2022-yil 30-oktabrdan boshlab aviakompaniya qishki jadvalga o‘tayotganini ma’lum qildi.
Qishki mavsumda Malayziya va Tailandga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shuningdek, Farg‘onadan Dubayga qatnovlar amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, qish mavsumida Toshkent shahridan Dubayga (haftasiga 7 marta), Istanbulga esa Toshkentdan (haftasiga 16 marta), Samarqanddan (haftasiga 4 marta), Farg‘onadan (3 ta), Buxoro va Urganchdan (haftasiga 2 marotaba) muntazam amalga oshiriladi. Talab eng yuqori bo‘lgan Toshkent — Moskva yo‘nalishidagi qatnovlar soni haftasiga 30 tagacha ko‘paytiriladi.
"Olmaota, Dushanbe, Bishkekka parvozlar ham muntazam ravishda amalga oshiriladi. Toshkent — Seul yo‘nalishi bo‘yicha qishki jadvalga haftasiga 7 ta qatnov kiritilgan. Bundan tashqari, parvozlar Londonga (haftasiga 2 marta), Frankfurtga (haftasiga 3 marta), Rigaga (haftasiga 2 marta) va eng uzoq parvoz — Nyu-Yorkka haftasiga uch marotaba amalga oshiriladi", — deyiladi xabarda.
Uzbekistan Airways qish mavsumining birinchi kunidan boshlab — 30-oktabrdan Farg‘ona-Dubay-Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlarni boshlaydi va 31-oktabrdan Toshkentdan Sharjaga parvozlar haftasiga 3 marta oshiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling