Jizzaxda paxta qabul qilish punktida yong'in sodir bo'ldi — foto

Yong’in sababli jami 35-40 kg paxta tolalari yonib zararlangan

Foto: Jizzax viloyati FVB

Foto: Jizzax viloyati FVB

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Paxta qabul qilish punktida yong'in kelib chiqdi. Bu haqda viloyat FVB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 12-oktabr kuni soat 18:13 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani “Uch-tepa” MFY hududida joylashgan “Jizzax Instural To’qima” MCHJga qarashli Paxta qabul qilish punktida yong’in sodir bo’layotganligi to’g’risida xabar kelib tushgan.

Foto: Jizzax viloyati FVB

Foto: Jizzax viloyati FVB

Xabarga ko'ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yong'inni o‘chirgan. Yong’in natijasida 1 ta 14-sonli g’aramning ustki qismi to’liq va 15-sonli g’aramning ustidagi “Sulton” navli paxta tolalari yongan.

Foto: Jizzax viloyati FVB

Foto: Jizzax viloyati FVB

Yong’in sababli jami 35-40 kg paxta tolalari yonib zararlangan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar