Buxoroda fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Buxoro viloyati Buxoro tumanida fuqaro uyiga oʻrnatilgan isitish pechidan tabiiy gaz sizib chiqishi oqibatida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Repost.uz'ga xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2022-yil 30-oktyabr kuni soat 16:13 larda Buxoro tumani, “Shergiron” mahallasida yashovchi fuqaro uyning yotoqxonasida oʻrnatilgan, qoʻlbola usulda temirdan yasalgan isitish pechidan tabiiy gaz sizib chiqishi oqibatida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling