Foto: NYT
Amerikalik tadbirkor, “SpaceX” asoschisi Ilon Mask “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida AQSH prezidenti Jo Bayden ikkinchi muddatga saylanish uchun qarilik qilishini aytdi.
Mask mamlakat aholisining o‘rtacha yoshidan ikki avlodga ortda qolib, “mavzuda qolish” juda qiyinligini ta’kidlagan.
“Bayden saylovga yana o'z nomzodini qo'yish uchun qarilik qiladi. Balki o‘rtacha yoshdan bir avlod ortda qolgani yaxshidir, lekin ikkinchi muddatga saylanish haqida bir narsa deyish qiyin. Nevaralari bor odamning qolganlarga yetib yurishi oson bo‘lmaydi?”, – dedi Ilon Mask.
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Baydenning jamoatchilik reytingi mamlakatdagi oraliq saylovlarga besh hafta qolganda uning butun prezidentligi davridagi deyarli eng past ko‘rsatkichga tushib ketgani va 40 foizni tashkil etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. May va iyun oylarida AQSH prezidentining mashhurligi 36 foizni tashkil etgan.
So‘rovda 1003 kishi, jumladan, 448 nafar demokrat va 383 nafar respublikachi ishtirok etganini unutmaslik kerak.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling