Foto: Teznews
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda qizning piyodalar oʻtish joyidan qanday qilib yoʻlni kesib oʻtayotgani, bir mashina unga yoʻl berib qoʻygani, “Damas” esa tezlik bilan uni urib ketgani aniq koʻrsatilgan. Qiz mashina zarbasidan 10 metr nariga uchib tushgan.
Baxtsiz hodisa 25-yanvar kuni sodir boʻlgan. Jabrlanuvchi darhol kasalxonaga yotqizilgan. Qizchaga koʻplab sinishlar va miya chayqalishi tashxisi qoʻyilgan. U bir kun davomida reanimatsiyada edi, keyin jabrlanuvchi travmatologiyaga oʻtkazildi.
Qizning otasining soʻzlariga koʻra, “Damas” haydovchisi bolaning davolanishi va tiklanishiga hech qanday yordam koʻrsatmagan. Hodisa aybdorining taʼkidlashicha, piyodalar oʻtish joyi chipiqlari oʻchib ketgan va uzoq vaqt davomida yangilanmagan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.