Foto: Samarqand IIB
Samarqandda piyodda YTH oqibatida olgan og'ir tan jarohati sabab halok bo'ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 10-oktyabr kuni soat 20:15 larda Samarqand shahar “Gagarin” koʻchasida joylashgan piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan piyodani shu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan Volkswagen rusumli transport vositasi urib yuborib yoʻl transport hodisasini sodir etgan.
Natijada, YTHda piyoda ogʻir tan jarohatini olib voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB TB tomonidan JK.ning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling