Andijon shahar, Yangi Bo‘ston mahallasi, A.Temur shoh ko‘chasida 25-iyun kuni soat 17:55 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ko‘chadagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida haydovchi 1997-yilda tug‘ilgan R.Z. o‘ziga tegishli Malibu-2 avtomobilini boshqarib ketgan va YHQning 109-bandini buzgan.
U tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar piyodani o‘tkazib yubormasdan, urib yuborgan.
Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etgan.
Hozirda haydovchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.