Foto: YHXX
Navoiyda Lacetti avtomobili haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 15-noyabr kuni soat 17:50 larda Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Imom al-Buxoriy koʻchasida 35 yoshli haydovchi Lacetti avtomobilida tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodalarni urib yuborgan.
Hodisa natijasida piyodalar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Navoiy shahri IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling