Foto: Teznews
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Uzun qishlogʻida 22-noyabr kuni oʻtgan markaziy yoʻlda ayanchli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda "Nasafnews" xabar bermoqda.
Voqea tafsilotlarini oʻrgangan muxbirga ko'ra, qishloqda joylashgan 64-maktabning 3-sinf oʻquvchsi, 9 yoshli Sarvinoz Qurbonova maktabga borayotgan vaqtda markaziy yoʻlda piyodalar oʻtish joyidan oʻtishga uringan. Qizaloqqa boshqa haydovchilar yoʻl bergan, ammo katta tezlikda harakatlangan Kamaz uni urib yuborib, 10 metr masofagacha boʻlgan joyga sudrab borgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan qiz vafot etgan.
Foto: Nasafnews
“9 yoshli qizim oʻpkasini bosa olmaydigan haydovchi deb vafot etdi. Voqea shu darajada ayanchli boʻlganki, qizimni Kamaz urib ketib, yana bosib harakatlangan. Boshqa haydovchilar “peshexod”dan oʻtayotgan qizimga yoʻl bergan. Ammo Kamaz yuqori tezlikda kelgan”,- deydi qizning otasi.
22-noyabr kuni sodir boʻlgan ushbu YTH “peshexod”ga yaqin joylashgan savdo doʻkonining kuzatuv kamerasiga qisman tushib qolgan. Videoyozuvlarda Kamaz yuqori tezlikda harakatlanganini koʻrish mumkin.
Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling