Foto: Telegram
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida daraxt kesganlardan 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirildi. Bu haqda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev xabar qildi.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumani “Iltifot” ko‘chasi 29 uy manzilida 105 ta daraxtni noqonuniy kesib tashlagani aniqlangan.
"Yangi zamon bino" MCHJdan yetkazilgan zarar hamda moliyaviy jarima sifatida hisoblangan jami 3 mlrd 514 mln 200 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ naqd pul shaklida undirilgan.
Foto: Telegram
Shuningdek, prokuratura talabi bilan daraxtlar kesib tashlangan ushbu qurilish maydoni o‘rnida MCHJ tomonidan 200 tup noyob va qimmatbaho manzarali daraxtlar keltirilib ektirilmoqda.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 198-moddasi 3-qismi (daraxt va boshqa o'simliklarni shikaslantirish, nobud qilish) hamda boshqa, jumladan ekologiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgani bo‘yicha JK 219-moddalari (burchini bajarayotgan hokimyat vakiliga qarshilik ko'rsatish )bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling