Foto: interfaks.ru
Moskva shahrida yo'l patrul xizmati xodimlari avtomobilida "ukraincha" qo'shiq eshitgani uchun haydovchini qamoqqa olishgan. Bu haqda "currenttime.tv" xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, voqea 12-oktyabr kuni Moskva shahrida sodir boʻlgan. Yoʻl patrul xizmati xodimlari avtomobilni boshqarib borayotgan poytaxtlik Anton Usovni toʻxtatishgan.
Politsiya xodimlari koʻrsatma berishicha, mashina ichidan ukraincha qoʻshiq yangragan. Shundan so'ng ikki tomon oʻrtasida bahs yuzaga kelgan.
Haydovchini avvaliga shahar politsiya boʻlimiga olib kelishgan, u yerda ikkita protokol tuzilgan. Fuqaro politsiya talablariga boʻysunmaganlik va Rossiya armiyasining Ukrainadagi xatti-harakatlarini “obroʻsizlantirganlik” moddalari boʻyicha aybdor deb topilgan. Suddan soʻng Usovni “Mnevniki” qamoqni oʻtash manziliga joʻnatishgan.
Ukraincha qoʻshiq eshitgani uchun Anton Usovga nisbatan sud qarori: 15 sutka qamoq va 50 ming rubl (taxminan 9 mln soʻm) jarima etib belgilangan.
Qaramogʻida 4 nafar farzandi boʻlgan sudlanuvchi yolgʻiz ota ekani xabarda taʼkidlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling