Samarqandda qimorboz mahalla raisi ishdan olindi

Mahalla raisi o'z arizasiga ko'ra ishdan bo'shatilgan

Past Dargʻom tumanidagi Qozoq Nayman mahallasi raisi Ahror Arslonov internetda qimor oʻynayotgani aks etgan suratlar tarqalishi ortidan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Arslonov 2016-yildan beri Qozoq Nayman mahallasida raislik qilib kelgan. 2022-yilgi saylovlarda ham ushbu lavozimga uning oʻzi tasdiqlangan.

Raisning qimor oʻynayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, bu mahalla faollarining noroziligiga sabab boʻlgan va ularning talab-xohishi bilan raisning o'zi ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozgan.

Uning oʻrniga ushbu mahalladagi xotin-qizlar faoli vaqtincha rais vazifaga tayinlangani xabar berilgan.

Maʼlumot uchun, Arslonov mahalla raisligiga saylangunga qadar Samarqand viloyati IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasida ishlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling