Taxiatosh tumani hokimi qamoqqa olindi

Hokim fermer xoʻjaligi rahbaridan firibgarlik yoʻli bilan 100 mln soʻm pul olgani aytilmoqda

1-noyabr kuni Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov qamoqqa olindi. Bu haqda OʻzA Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Hokim fermer xoʻjaligi rahbaridan firibgarlik yoʻli bilan 100 mln soʻm pul olgani aytilmoqda. Ushbu holat boʻyicha Ilhom Matkarimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Firibgarlik) va 25, 211-moddasi 2-qismi (Pora berishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olingan.

“Jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling