Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining 2-turida Portugaliya va Urugvay terma jamoalari bahs olib bordi.
Uchrashuvning 54-daqiqasida Brunu Fernandesh jarima maydoni ichiga toʻpni uzatdi, Ronaldu esa havoda toʻpni raqib darvozasi tomon kiritib yubordi. Ammo keyinchalik maʼlum boʻldiki, Ronaldu toʻpga tegmagan va ushbu gol Brunu hisobiga yozildi.
90+3-daqiqada Brunu penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni ishonchli koʻrinishga olib keldi.
Portugaliya — Urugvay 2:0
Gollar: 1:0 – 54 Brunu Fernandesh, 2:0 – 90 Brunu Fernandesh (penalti).
Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Pepe, Ruben Diash, Mendesh (Gerreyru, 42), Bernardu Silva, Vilyam Karvalyu (Palinya, 83), Brunu Fernandesh, Ruben Nevesh (Rafael Leau, 69), Ronaldu (Gonsalu Ramush, 82), Joau Feliks (Mateush Nunesh, 82).
Urugvay: Rochet, Varela, Godin (Pelistri, 62), Koates, Ximenes, Olivera (Vinya, 86), Vesino (de Arraskaeta, 62), Bentankur, Valverde, Kavani (Suares, 73), Nunes (Maksi Gomes, 72).
Ogohlantirishlar: Bentankur (6), Ruben Nevesh (38), Olivera (44), Joau Feliks (77), Ruben Diash (89).
“H” guruhining ikkinchi oʻyinida Gana Janubiy Koreya ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling