"Mendagi asl maqsad xalqni qamalish bilan qo'rqitish emas edi". Namanganlik deputat o'zining Facebook sahifasidagi posti uchun uzr so'radi

Deputatning vakolati muddatidan oldin yakunlandi

Foto: Facebook<br>

Foto: Facebook

Oʻzbekistonda gaz va elektr taʼminoti uzilishlaridan shikoyat qilgan odamlarga qamoq bilan tahdid qilgan namanganlik deputat Muzaffar Jamolitdinov oʻzining Facebook sahifasidagi posti uchun uzr soʻradi.

“Men tomonimdan qoʻyilgan ushbu postda gaz va elektr bilan bogʻliq tanqidiy materiallarni ijtimoiy tarmoqda tarqatmasdan qamoqda emasligiga shukr qilish kerakligi, tinchlik va xotirjamlikni qadriga yetishga oid matn joylangan edi. Post qoʻyilgach turli guruxlarda chiqa boshlagan munosabatlardan soʻng oʻzim qoʻygan postni takror-takror oʻqib notoʻgʻri joylaganimni angladim“, — deya yozgan u oʻzining Facebook sahifasida.

Uning soʻzlariga koʻra, deputat bundan olti yil avval bir ishdan ayblanib, 10 oy qamoq ehtiyot chorasi sifatida qamoqqxonada saqlangan. Taʼkidlashicha, shunda oilaviy xotirjamlik tinchlik hamma narsadan ustunligini anglab yetgan.

”Men 10 oy davomida kechirgan tashvishlarim juda ogʻir boʻlganidan, hamda qayta tiklash juda qiyin boʻlganidan ayni kundagi elektr va gaz bilan bogʻliq muammolar oʻz nazarimda yengildek tuyuldi. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan kommunal muammolar bilan bogʻliq turli videolarni koʻrib, hayolimdan “bundan ham ogʻir tashvishlarda yurganlar bor” degan fikr bilan post joylagan edim“, — deydi deputat.

Shuningdek, u oʻzi joylagan postni taxdid deb qabul qilgan fuqarolardan toʻgʻri qabul qilishlarini soʻrab uzur soʻragan.

”Bugungi davlat siyosati shu darajada insonparvarki, xalparvarki xatto men oʻzim ham bitta qoʻygan postim ortidan odamlarni talqini va tanqidini muhokama qilmasdan deputatlik vakolatimni muddatidan avval tugatish haqida ariza berdim”, — deb yozadi u.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling