Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilgan o'rgatuvchi ushlandi

Holat yuzasida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Jizzax viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan oʻrgatuvchi qoʻlga olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv tadbirlari oʻtkazilgan.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida, “Gʻallaorol oʻquv-sport texnika klubi” UK oʻrgatuvchi ustasi fuqaronining ishonchiga kirib, unga “B” va “S” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgani aniqlangan. Shuningdek, u ushbu kelishuv evaziga 4,5 mln soʻmni olgan vaqtda ashyoviy dallilar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling