Foto: 24hitech.ru
Telegram messenjeri zaiflikdan foydalanib, arzon narxda "Telegram Premium" sotib olgan foydalanuvchilarning premium obunalarini bekor qildi. Bu haqda telegramdagi "Код Дурова" kanali xabar berdi.
2022-yilning avgust oyi oʻrtalarida uch nafar moskvalik maktab bollari Telegram premium juda qimmatligi va uni arzonroq olish mumkin boʻlgan yoʻllarini qidirishdi, va oxir-oqibat ular mutlaqo bepul olish mumkin boʻlgan bag (xato)ni topishgan. Buning uchun ularga eskiroq Iphone va bir nechta App Store sovgʻa kartasi kerak boʻlgan holos.
Tarmoqlarda oʻzini "Martov" deb atagan jamoa aʼzosi tasodifan Iphone (Jailbreak)dan premiumni sovgʻa qilish tugmasini bosgan va bekor qilgan. Toʻlov oʻtmagan lekin premium rasmiylashtirilgan.
"Kichik hakker"lar jamoasiga mijoz izlash qiyin boʻlmagan, chunki ikki barobar arzon paytida olganlar oʻz doʻstlariga tavsiya qilishni boshlagan, va ular marketingsiz koʻtarilgan. Natijada jamoaning har bir a'zosi bu sxemadan kuniga 200 ming rubl(3 256 dollar) foyda qilishgan.
Qayd etilishicha, bolalar orasidan kimdir sxemani pullashga erishgan. Shu sababli Telegram'da haqiqiy xaos boshlangan.
Narxlar shu darajada qulaganki, bitta premiumni bir yil uchun 150 rublga olish mumkin boʻlib qolgan.
Xatolik mavjudligidan xabar topgan Telegram esa bunday botlarga “SCAM” belgisini bergan. Telegram dasturchilari aynan shu usul orqali olgan barcha akkauntlarni premiumini olib qoʻydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling