Ukraina Qurolli Kuchlari Xerson viloyatidagi Arxangel shahar tipidagi aholi punkti va Mirolyubovka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2-oktyabr kuni kechki videomurojaatida e'lon qildi.
Uning ma'lum qilishicha, Krivoy Rog hududiy mudofaa 129-brigadasi jangchilari aholi punktlarini ozod qilgan.
"Yaxshi natijalarni qayd etib kelayotgan Krivoy Rogning 129-brigadasi askarlariga, xususan Arxangelskoye va Mirolyubovkaga rahmat", — deydi prezident.
Zelenskiyning ta'kidlashicha, ukrainalik askarlar rus harbiylari tomonidan bosib olingan barcha aholi punktlarini ruslardan qaytarib oladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling