Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini alohida maʼmuriy-hududiy birliklar sifatida respublika boʻysunuviga oʻtkazishni taklif qildi.
“Maʼmuriy islohotlar doirasida yana bir muhim tashabbusni ilgari surmoqchiman.
Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi.
Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham “oʻsish nuqtalari”ga aylanmoqda.
Bular orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda.
Ikkala shaharda ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylandi.
Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, taʼlim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida oʻz oʻrnini topmoqda.
Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida maʼmuriy-hududiy birliklar sifatida respublika boʻysunuviga oʻtkazishni taklif qilaman”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Maʼlum qilinishicha, endilikda ushbu viloyatlar Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
“Endi, ushbu viloyat hokimlari faqat yirik shaharlar bilan emas, tumanlarda sharoitlarni yaxshilash boʻyicha ham ishlashi talab etiladi.
Har ikkala shaharni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanib, ularning ijrosi uchun bevosita Bosh vazir javob beradi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling