Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasida maʼlum qildi.
Davlat rahbarinign taʼkidlashicha, keng koʻlamli va samarali islohotlarimiz natijasida, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshgan (2018-yilda 52 mlrd dollar boʻlgan).
“Iqtisodiyotimizga shu yilning oʻzida 8 mlrd dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 mlrd dollarga yetdi (2018-yilda 14 mlrd dollar boʻlgan). Bunday katta natijalar ilgari boʻlmagan”, — deya qayd etdi Oʻzbekiston rahbari.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling