Foto: Kun.uz
Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan IIV ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qayd etilishicha, jazoni ijro etish tizimi faoliyatini raqamlashtirish, muassasalarda jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarga elektron davlat xizmatlarini yoʻlga qoʻyish reja qilinmoqda. Shu jumladan notariat xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish orqali, mahkumlarning huquqlari taʼminlanishini xalqaro huquqqa bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda.
Unga koʻra, mahkumlarning elektron davlat xizmatlari, shu jumladan, notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun JIEM maʼmuriyati tomonidan alohida xona ajratiladi. Mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmogʻiga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi.
Maʼlum qilinishicha, muhokama 9-noyabrga qadar davom etadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling