Foto: Repost.uz
AOKAda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda respublikaning masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yildan joriy yilning sentyabr oyiga qadar umumiy qiymati 12,4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan jami 423 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilgani aytildi.
Qayd etilishicha, 2022-2026-yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda: Bular:
Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 km.lik avtomobil yo‘li va Taxtaqoracha dovonida 4,4 km.lik tunnel qurish loyihasi.
Agentlik direktori Zokir Bozorovning aytishicha, Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkaziladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling