Toshkentda avtobuslar harakatlanishi uchun alohida yo'lakcha tashkil etiladi

Bu yo'lakchadan tez yordam, yong'in xavfsizligi va IIV avtomobillari foydalanishi mumkin

Foto: Toshshahartransxizmat

Foto: Toshshahartransxizmat

IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yoʻl-harakat xavfsizligi boshqarma boshligʻi Fazliddin Toshkenboyevning aytishicha, ushbu yoʻlakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yongʻin xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin.

Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

Qayd etilishicha, har qanday avtomobilga maʼlum sababga koʻra, masalan, yoʻl yoqasidagi obyektlarga yoki koʻchaga kirish uchun ushbu yoʻlakda foydalanishga ruxsat etiladi.

“Buning uchun yoʻlakchalarda uziq chiziqlar mavjud boʻlib, taxminan 40-50 metr masofa belgilanadi. Koʻcha yoki obyekt boshlangan joyda ushbu uziq chiziqlarning taʼsir doirasi tugaydi va avtomobillar avtobuslar uchun moʻljallangan yoʻlakchani boʻshatib qoʻyishlari talab etiladi”, - deydi Fazliddin Toshkenboyev.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling