Rossiyaning "RT" telekanali rahbari efirda ukrainalik bolalarni suvga cho'ktirish va yoqishni taklif qildi

Anton Krasovskiy ushbu gaplari sababli ishdan bo'shatilgan

Foto: fokus.ua

Foto: fokus.ua

Rossiya davlat tomonidan moliyalashtiriladigan "RT" telekanalida teleradiokompaniya direktori Anton Krasovskiy ukrainalik bolalarni suvga cho'ktirish yoki yoqishni taklif qildi.

Shuningdek, Ukrainada rus askarlari tomonidan ayollarning zo'rlangani haqida jirkanch izohlar bergan va Rossiyaga qarshilik ko'rsatgan ukrainaliklar otib o'ldirilishi lozimligini ta'kidlagan.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba "RT" targ‘ibot kanali rahbarlaridan biri ukrainalik bolalarni efirda shafqatsizlarcha o‘ldirishni taklif qilganidan keyin kanalni butun dunyo bo‘ylab taqiqlashga chaqirdi.

Keyinchalik, "RT" kanali rahbarlaridan biri Krasovskiy ukrainalik bolalarni daryolarga cho‘ktirish va uylarda yoqishni talab qilgani uchun RT'dan ishdan bo‘shatilganligi ma'lum qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling