Xorazmda ayolni suratlarini internetda tarqatib yubormaslik evaziga pul talab qilgan shaxs qo'lga olindi

Erkak suratlarni tarqatib yubormaslik uchun 35 mln so'm talab qilgan

Xorazmda ayolning suratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yubormaslik evaziga 35 mln so'm talab qilgan shaxs qo'lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaatga ko'ra, shaxsiy telefonidagi saqlanayotgan boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy fotosuratlarini o'zining extiyotsizligi sabab noma'lum shaxslar tomonidan qo'lga kiritilgan va ularni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evazigi 35 mln so‘m pul talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot xodimlari tomonidan tekshiruv o'tkazilganda pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi 29 yoshli erkak ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, ayol suratlarini internetga tarqatib yubormaslik evaziga talab qilingan 35 mln so'mni erkakka olib borib bergan vaqtda ayblanuvchi ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik, juda ko'p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling