Toshkent viloyatida 16 yoshli bola o’z sheriklari bilan kelishib onasini qasddan o’ldirgan. Bu haqda Daryo nashri Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum bo’lishicha, 31- iyul soat 21:00 larda 2006-yilda tug‘ilgan bola o’z uyida onasini oilaviy kelishmovchilik sababli qasddan o‘ldirigan. Qotillikka yordamlashish uchun ikki nafar voyaga yetmagan sheriklarini ham chaqirgan. Gumonlanuvchilar ayolni qasddan o’ldirib uyning yerto’lasiga ko’mib qo’ygan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97- moddasi 1-qismi ( qasddan odam o’ldirish,10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinish) bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, gumondorlar protsessual tartibda ushlangan
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling