Foto: Terabayt.uz
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 6-sinf oʻquvchisi bank kartasidagi pullarni oʻzlashtirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022-yil yanvar oyida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 38 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs unga tegishli boʻlgan bank kartasidan jami 3,8 soʻm pullarni yechib olganligini bildirgan. Shuningdek, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxs fuqaro mazkur fuqaroning 14 yoshli 6-sinf oʻquvchisi oʻgʻli ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davomida bola “PUBG” onlayn oʻyiniga katta qiziqish orqali, oʻyin akkaunt hisobiga ushbu pullarni oʻtkazib yuborganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda toʻplangan hujjatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling